Махсус имкониятлар
 
Бош саҳифа / Вилоят ҳокимлиги / Электрон хукумат / “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi xalqaro aloqalari
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi xalqaro aloqalari

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi munosabatlar sathi tobora kengaymoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz va Janubiy Koreya Respublikasi o’rtasidagi keng qamrovli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va ilmiy aloqalarning rivojlanib borayotganligi o’zaro hamkorlikning samarali yo’lga qo’yilganligidan dalolat beradi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi munosabatlar sathi tobora kengaymoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz va Janubiy Koreya Respublikasi o’rtasidagi keng qamrovli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy va ilmiy aloqalarning rivojlanib borayotganligi o’zaro hamkorlikning samarali yo’lga qo’yilganligidan dalolat beradi.

Aytish joizki, hozirgi kunda Koreys davlatining o’zbek xalqi bilan axborot kommunikatsiya sohasidagi  aloqalarini mustahkamlashda eng muhim bog’lovchi vositalardan biri shubhasiz Elektron hukumat borasidagi hamkorlik hisoblanadi. Ikki davlat o’rtasida o’zaro ishonchli hamkorlikni yo’lga qo’yilishida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sh.H.Habibullaevning 2014 yil 20-27 aprel kunlari Koreya Respublikasiga qilgan tashrifi ahamiyatli bo’ldi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad Koreya Respublikasining davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish jarayonlarini o'rganish, ilg'or tajribalar almashish, tadqiqotlar va zamonaviy bilimlarni egallashdan iborat edi. Bundan tashqari, tashrif davomida Koreya Respublikasining NIA va KIPA tashkilotlari bilan hamjihatlik Memorandumi imzolandi. Yana bir asosiy qadamlardan biri bu –  Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kun Hening 2014 yil 15-17- iyun kunlari O’zbekistonga qilgan davlat tashrifi doirasida NIA tashkiloti prezidenti Chang Kvang Su boshchiligida delegatsiya tashrif buyurganida qo’yilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. 17 iyun kuni Markaz direktori Sh.H.Habibullaev bilan NIA tashkiloti prezidenti Chang Kvang Su o'rtasida uchrashuv tashkillashtirildi va O'zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Bugungi kunga kelib, Markaz o’z hamkorlik doirasini kengaytirib bormoqda. quyidagi xalqaro tashkilotlar va chet el tuzilmalari bilan faol hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Masalan, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki (JB), Osiyo taraqqiyot banki (OTB), KOICA (Koreya xalqaro hamkorlik agentligi), NIA (Koreya axborotlashtirish Milliy agentligi), KIPA (Koreya davlat boshqaruvi instituti), KISDI (Koreya axborot jamiyatini rivojlantirish instituti) hamda SAP AG (Germaniya), Oracle (AQSh), Admevara (Estoniya) va LG CNS (Koreya Respublikasi) kompaniyalari bilan hamkorligi shular jumlasidandir. Shuningdek, mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan elektron hukumatga doir loyihalar yuzasidan Koreyaning KLID, KT, Groupware kabi tashkilot va kompaniyalari bilan ham hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

Turli xil loyihalar va modernizatsiyalarni joriy qilish borasida esa,  markazga uzoq muddatli kelishuvga asosan NIA va KISDI tashkilotlaridan elektron hukumat infratizimi va baza elementlarini shakllantirishning to'laqonli konsepsiyasini ishlab chiqish maqsadida hamda boshqaruv kodlarini standartlashtirish sohasida konsultatsiya faoliyatini amalga oshirish uchun ekspertlar jalb qilingan.

Tabiiyki savol tug’iladi.  O’zbekistonda Elektron hukumat tizimini rivojlantirishda shuningdek, joriy etish borasida nega aynan Koreya tajribalariga tayanilmoqda?! Sababi, Janubiy Koreya elektron hukumatni rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatga erishgan davlat hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron hukumat institutlarining hamda aholining davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha reytingida birinchi o‘rinda turadi. Shuning uchun ham uning tajribasi so‘nggi yillarda ko‘plab tadqiqotchilarning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda. Qisqa muddat davomida dunyoning bir necha rivojlangan davlatlarini ortda qoldirgan holda reytingni yuqori pog’onasini egallab turishi, mazkur davlatning AKT sohasidagi tajribalari borasida o’zaro tajriba almashinuvini yanada chuqurroq o’rganish zarurligini ko’rsatmoqda.

Koreyaning electron hukumat borasidagi natijalarini raqamlarda ko’rib chiqadigan bo’lsak:

Axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi — “On-Nara” (koreyscha, onlayn-mamlakat) tizimidan foydalanish ortidan  har yili 21 million tejashga erishilayotgan bo’lsa, fuqarolarga 24 soat davomida xizmat ko’rsatish tizimi hisoblangan Minwon24 orqali Koreya 720 million dollardan ortiq mab’lag’ni  tejashga erishib kelmoqda. Bu kabi raqamlardan ham ko’rinib turibdi-ki, elektron hukumat tizimi yetuk bosqichda bo’lgan mamlakat tajribasi va hamkorligi bizning davlat elektron hukumat tizimining jadal tus olishida katta hissa qo’shilishga xizmat qiladi.

(maqolani tagida ma’lumot uchun)

Minwon24 (2010 yil)

Tasnif

2003 yil

2010

A’zo bo’lganlar soni

110 ming

2mln 320ming

Onlayn hujjat chiqarib olish

60 ming

21 mln 100ming

Onlayn arizalar soni

50 ming

26 mln 30ming

Hujjat bilan tanishish

200 ta

5263 ta

Aholining qoniqish darajasi

51%

85.3 %

 

 

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida ayni kunda olib borilayotgan xalqaro tajribalarni o’rganish masalasiga to’xtaladigan bo’lsak,   Markaz qoshida faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreyaning NIPA tashkiloti ekspert-konsultantlari bilan birgalikda Geoaxborot, Ko’chmas mulkni ro’yhatga olish, Nafaqa tizimiga oid bir necha loyihalarni Koreya tajribasi misolida joriy qilish imkoniyatlarini o’rganib chiqilmoqda.

Yuqorida qayd etilganlardan birgina ko’chmas mulk qaydini kompyuterlashtirish tajribasini ko’rib chiqar ekanmiz quyidagilarga guvoh bo’lamiz:

Koreyada 1993 yildan ushbu sohaga oid kompyuterlashtirish boshlanib, uning qamrovi butun mamlakat bo’ylab jami 209 ta  rasmiylashtiruvchi idora, kompyuterizatsiya qilish kerak bo’lgan 45 mln. yer hujjati (bu esa o’z navbatida 160 million sahifa), 1 ta asosiy markaz va 11 ta hududiy data sentrni o’z ichiga olgan. Bu sohani kompyuterlashtirish natijalarini o’rganib chiqar ekanmiz,   ish tezligining yaxshilanishi, hujjat bilan murojaat qiluvchilarning vaqti tejalishi bilan birga 1 yilda 300 mlrd. wondan ortiq ijtimoiy harajatlar qisqarishiga olib kelganligiga guvoh bo’ldik. Shuningdek, sohaga doir kompyuterizatsiya borasida erishilgan eng katta yutuqlardan biri bu – ko’chmas mulk firibgarligi va noqonuniy faoliyatini oldini oluvchi siyosiy vosita bilan ta’minlanishiga erishilganligidir. Xalqaro tajribalarning dolzarbligi aynan shu kabi aspektlarda ko’rinadi.


Киритилган вақти: 23/12/2016 19:38 Кўрилганлиги: 430
 
Жами мурожаатлар: 1228 (100%)
Кўриб чиқилган: 1013 (82%)
Кўриб чиқилмоқда: 215 (18%)

Сайтга баҳо беринг

Матнда хатолик топдингизми?
 
Ташриф:
Кўришлар:
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг