Бош саҳифа / Интерактив / Фуқаролар учун / Замонавий давлат харидларини амалга ошириш
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Замонавий давлат харидларини амалга ошириш

Zamonaviy axborot texnologiyalari orqali tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish bo'yicha interaktiv davlat xizmati

Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan xolda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish to‘g‘risida axborotlar

2010 yilda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2011 yilga ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasi yig‘ilishida so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga kredit olish, xom-ashyo resurslariga, shuningdek davlat xaridlari tizimiga keng yo‘l ochib berishli zarurligini ta'kidlab o‘tdilar.

 "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" davlat dasturida qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik asoslarini yaratish maqsadida joriy yilning 7 fevralida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1475-sonli "Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub'yektlarini jalb qilishni kengaytirish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2011 yilning 1 aprelidan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi ancha takomillashgan, kichik biznes sub'yektlariga ulushlar (kvotalar) ajratishni ko‘zda tutuvchi yangi tizim amalga kiritildi.

Tovar xom ashyo birjasi viloyat filiali davlat byudjeti va boshqa markazlashtirilgan manbalar hisobidan davlat xaridlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli litsenziyalar ega yuqori malakali brokerlar byudjet tashkilotlar va tovar va xizmatlar ko‘rsatuvchilarga xizmat qilib kelmoqda.

DAVLAT XARIDLARINI TASHKIL ETISHGA DOIR NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO`G`RISIDA
(O`zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2011 y., 14-son, 137-modda)

O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va ularga kichik biznеs sub’еktlarini jalb etishni kеngaytirish to`g`risida» 2011 yil 7 fеvraldagi PQ-1475-son qarorini bajarish yuzasidan hamda davlat xaridlarini tashkil etishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar:
Davlat xaridlari bo`yicha Hukumat komissiyasining ishchi organi to`g`risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
O`zbеkiston rеspublika tovar-xom ashyo birjasida boshlang`ich narxni pasaytirish yuzasidan elеktron auktsion savdolarini tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O`zbеkiston Rеspublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbеkiston Rеspublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

O`zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri SH.MIRZIYOЕV
Toshkеnt sh., 2011 yil 1 aprеl, 100-son

  BIRJA savdolari


 >> DAVLAT HARIDLARI BO`YICHA XIZMATLAR UCHUN TARIFLAR


XIZMATDAN FOYDALANISH TARTIBI (reglamenti)

1-Qadam 
Ariza formasini elektron nushasini yuklab olish (86 kb)  va printer Qurilmasi yordamida qog`ozga chop etish.

2-Qadam 
Ariza shaklini to`ldiring, imzo va muhr ko`ying

3-Qadam 
Arizani skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shakilga o`tkazing. Shuningdek xizmatni ko`rsatish uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shaklga o`tkazing.

4-Qadam 
Elektron shakilga o`tkazilgan ariza va hujjatlarni shahsiy pochtangizdan foydalangan holda tegishli tuman (shahar) hududidagi o`zini o`zi boshqarish organlariga taqdim eting.

 (Reglament 239 kb)





Охирги ўзгариш: 22/12/2016 17:33 Кўрилганлиги: 277
 
Жами мурожаатлар: 1223 (100%)
Кўриб чиқилган: 1013 (83%)
Кўриб чиқилмоқда: 210 (17%)

Сайтдаги интерактив хизматлар кай даражада?

Матнда хатолик топдингизми?
 
Ташриф:
Кўришлар:
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг