Бош саҳифа / Интерактив / Юридик шахслар учун / Ер муносабатларини тартибга солиш
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Ер муносабатларини тартибга солиш

Yer munosabatlarini tartibga solish bo'yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish huquqini berish yuzasidan hujjatlar qabul qilish, qaror chiqarish interaktiv davlat xizmati

 

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun er uchastkalari berish (realizasiya qilish)
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasi — bu qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan joyga, huquqiy rejimga va davlat er kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo´lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo´ljallangan er fondining bir qismi. 2008 yil 1 yanvargacha yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xo´jaligi va o´rmon xo´jaligi tarkibiga kirmaydigan erlardan belgilangan tartibda faqat O´zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi. 2008 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkalari kimoshdi savdolari asosida fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan er uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (O´zbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi o´tkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi.

Yer uchastkalari berishda (realizasiya qilishda) fuqarolarning arizalarini ko´rib chiqish tartibi
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun er uchastkasi olish uchun ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi. Arizaga ariza beruvchining doimiy yashash joyi bo´yicha turar joylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud bo´lgan taqdirda) va fuqarolarning o´zini o´zi boshqarish organlarining oilaning tarkibi to´g´risidagi ma´lumotnomasi ilova qilinadi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan er massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq er uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani ko´rsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchilik qiladigan, er uchastkalari berish (realizasiya qilish) masalalarini ko´rib chiqish bo´yicha doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi o´rinlarda «komissiya» deb yuritiladi) tomonidan ko´rib chiqiladi. Komissiya tarkibiga «Ergeodezkadastr» davlat qo´mitasi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, fuqarolar yig´inlari va