Бош саҳифа / Интерактив / Юридик шахслар учун / Грампластинка ва ласер дискларни лицензиялаш
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Грампластинка ва ласер дискларни лицензиялаш

Gramplastinkalar, audiokassеtalar va lazеrli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko`paytirish va sotish faoliyatini litsеnziyalash davlat xizmat


 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING «INTELLEKTUAL MULK TO'G'RISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA O'ZGARTISh VA QO'ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA» 2011  YIL 26 DEKABRDAGI O'RQ-312-SON QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 yil, 12-son, 130-modda, 36-son, 412-modda; 44-son, 507-modda)

 

O'zbekiston Respublikasining «Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida» 2011 yil 26 dekabrdagi O'RQ-312-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi

QAROR QILADI:

1. Quyidagilar:

Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo'yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to'g'risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

(1-bandning 2-xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qarori tahririda - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 44-son, 507-modda)

Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo'yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to'g'risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Belgilab qo'yilsinki:

kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko'paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo'yicha hamda gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko'paytirish va sotish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasining «Intellektual mulk to'g'risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida» 2011 yil 26 dekabrdagi O'RQ-312-son Qonuni kuchga kirgunga qadar xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi;

kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko'paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo'yicha va gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko'paytirish va sotish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalarning amal qilish muddati tugagandan so'ng xo'jalik yurituvchi sub'ektlar audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo'yicha va audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalarni oladilar;

(2-bandning 3-xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 1 noyabrdagi 313-son qarori tahririda - O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012 y., 44-son, 507-modda)

hozirgi vaqtda EHM uchun dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish bo'yicha litsenziyasiz faoliyat ko'rsatayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ushbu faoliyat turlarini tegishli litsenziya olgunga qadar, biroq 2012 yil 1 maydan kechiktirmasdan davom ettirish huquqiga ega bo'ladilar.

3. O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi:

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek «O'zbekkino» Milliy agentligi bilan birgalikda kinovideo mahsulotlarini ishlab chiqarish, ko'paytirish, dublyaj qilish, sotish va ularning prokati bo'yicha va gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko'paytirish va sotish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun ilgari berilgan litsenziyalarni 2012 yil 1 maygacha xatlovdan o'tkazsin;

audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun dasturlarga mutlaq (nomutlaq) mulkiy huquqlarga ega bo'lgan huquq egalarining ma'lumotlar bazasini yaratsin.

4. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.

5. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri   Sh. MIRZIYoEV

 Toshkent sh., 2012 yil 15 mart, 72-son 


 

 XIZMATDAN FOYDALANISH TARTIBI (reglamenti)

1-Qadam 
Ariza formasini elektron nushasini yuklab olish  va printer Qurilmasi yordamida qog`ozga chop etish.

2-Qadam 
Ariza shaklini to`ldiring, imzo va muhr ko`ying

3-Qadam 
Arizani skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shakilga o`tkazing. Shuningdek xizmatni ko`rsatish uchun kerakli boshqa hujjatlarni ham skaner qurilmasidan foydalangan holda elektron shaklga o`tkazing.

4-Qadam 
Elektron shakilga o`tkazilgan ariza va hujjatlarni shahsiy pochtangizdan foydalangan holda tegishli tuman (shahar) hududidagi o`zini o`zi boshqarish organlariga taqdim eting.


 Reglament.jpg (255 kb)


Хизматдан фойдаланиш   Мурожаат ҳолатини билиш


Охирги ўзгариш: 20/09/2018 11:36 Кўрилганлиги: 6351
 
Жами мурожаатлар: 1376 (100%)
Кўриб чиқилган: 1092 (79%)
Кўриб чиқилмоқда: 284 (21%)

Сайтга баҳо беринг

Матнда хатолик топдингизми?
 
 
Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 156
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг