Бош саҳифа / Вилоят ҳокимлиги / Электрон хукумат / Bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni (fasadini ta'mirlashni) kelishish
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni (fasadini ta'mirlashni) kelishish

Yagona portalda bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni (fasadini ta'mirlashni) kelishish yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududi bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun taqdim etiladi.

Yagona portalda bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni (fasadini ta'mirlashni) kelishish yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirildi. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududi bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar uchun taqdim etiladi.

Ushbu xizmatdan foydalanish jarayonida bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini elektron shaklda yuborish lozim. Arizani ro’yxatga olgan kundan boshlab, 5 ish kuni mobaynida inspektor ko’rsatilgan manzilga obyektni o’rganish uchun boradi.

Ushbu xizmatning natijasi bo’lib, bino va inshoot fasadining eskiz loyihasini tasdiqlash haqida xabarni olish (1 ish kuni muddatida) hisoblanadi. Eslatib o’tamiz, arizachi tomonidan taqdim etilgan bino va inshoot fasadining eskiz loyihasi talablarga javob bermasa, shuningdek bino va ishoatlarni o'rganish natijasidan kelib chiqib asoslangan salbiy xulosa xizmatni olishda rad etilishining sababi bo’lishi mumkin.

Vakolatli organ tomonidan bino va inshootning tashqi ko'rinishini o'zgartirishni kelishish to'g'risidagi arizani ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Shaharsozlik faoliyati va qishloq xo‘jaligidan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berishning, bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishishning, shuningdek ob’ektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga, turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnomalar berishning umumiy belgilangan tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2016 yil 9 martdagi 70-son qaroriga binoan yig'im undirilmaydi.

Manba: my.gov.uz

Киритилган вақти: 23/12/2016 18:49 Кўрилганлиги: 5158
 
Жами мурожаатлар: 1376 (100%)
Кўриб чиқилган: 1092 (79%)
Кўриб чиқилмоқда: 284 (21%)

Сайтга баҳо беринг

Матнда хатолик топдингизми?
 
 
Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 86
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг