Бош саҳифа / Вилоят ҳокимлиги / Электрон хукумат / Elektron litsenziyalash portali sinov tariqasida ishga tushirildi
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

Elektron litsenziyalash portali sinov tariqasida ishga tushirildi

O‘zbekiston Respublikasida investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Elektron litsenziyalash portali (https://license.gov.uz) sinov tariqasida ishga tushirildi.

Portalning asosiy maqsadi litsenziyalovchi organlar faoliyatining axborot-texnologik ta’minoti sifatini oshirish hamda “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasini (keyingi o‘rinlarda “Litsenziya” ATM) ishlab chiqish va joriy etish orqali litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasida investitsion va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish maqsadida Elektron litsenziyalash portali (https://license.gov.uz) sinov tariqasida ishga tushirildi.

Portalning asosiy maqsadi litsenziyalovchi organlar faoliyatining axborot-texnologik ta’minoti sifatini oshirish hamda “Litsenziya” axborot tizimlari majmuasini (keyingi o‘rinlarda “Litsenziya” ATM) ishlab chiqish va joriy etish orqali litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarni elektron shaklga o‘tkazishdan iborat.

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash sohasidagi interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Litsenziya” ATM quyidagi ijobiy natijalarga erishishni ta’minlaydi:

O‘zbekiston Respublikasi ijroiya hokimiyatining markaziy organlari hamda ularini hududiy va tuzilmaviy bo‘linmalarining litsenziyalash masalalari bo‘yicha o‘zaro faoliyati samaradorligini oshirish;

Litsenziya oluvchi hamda litsenziya beruvchi sub’ektlar orasidagi faoliyat samaradorligini oshirish;

O‘zbekiston Respublikasida faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash sohasidagi ma’lumotlar ochiqligini ta’minlash;

Litsenziyalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;

Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash sohasidagi ma’muriy jarayonlarni, ularning muddatlarini, xizmatlar tan narxini, umuman barcha turdagi resurslar sarfini qisqartirish.

Portal quyidagi sohalardagi litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish to‘g‘risida ma’lumotlar olish hamda interaktiv xizmatlardan foydalanish imkonini beradi:

- Transport;

- Arxitektura va qurilish;

- Birja, rieltorlik faoliyati, lombardlar, lotereyalarni tashkil qilish;

- Madaniyat, noshirlik faoliyati, reklama;

- Qimmatbaho metallar va qimatbaho toshlarning aylanishi;

- Savdo faoliyati;

- Bojxona faoliyati;

- Bank, sug‘urta, qimmatbaho qog‘ozlar, mikrokreditlash;

- Neft va gaz majmuasi, tabiiy resurslardan foydalanish;

- Tibbiy faoliyat, farmatsevtika, veterinariya;

- Xavfli tovarlar va buyumlarning aylanishi;

- Audit, baholash va advokatlik faoliyati;

- Axborot texnologiyalari, kriptohimoya, EHM uchun dasturlar va fonogrammalar;

- Ta’lim, sport va turizm va boshqalar.

 

Portalni sifatli to‘liq ishga tushirish uchun barcha tadbirkorlar va foydalanuvchilardan Portal faoliyatini sinovdan o‘tkazib,

o‘z taklif va mulohazalaringizni quyidagi manzilga yuborishgizni so‘raymiz:

https://www.facebook.com

 

"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi

Toshkent shahri, 100015, Oybek ko'chasi, 30

+(998 71) 252-50-26 Bog'lanish vaqti: 10:00 - 16:00

Ishonch telefoni: +(998 71) 252-43-23 Bog'lanish vaqti: 10:00 - 16:00

Faks: +(998 71) 252-50-27

Elektron pochta: info@egov.uz

 

"UCD MICROS" QK

Toshkent, Kichik beshyog’och ko’ch., 86-uy

+998 (71) 200-34-34

info@micros.uz


Matbuot xizmati


Киритилган вақти: 23/12/2016 18:50 Кўрилганлиги: 5802
 
Жами мурожаатлар: 1376 (100%)
Кўриб чиқилган: 1092 (79%)
Кўриб чиқилмоқда: 284 (21%)

Мактабгача таълим муассасаларига қабул қилишни, онлайн қилиш қанчалик зарур?

Матнда хатолик топдингизми?
 
 
Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 235
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг