Бош саҳифа / Вилоят ҳокимлиги / Электрон хукумат / “Xalq bilan muloqot” borasida xorijiy tajriba
  Чоп этиш версияси     Юклаб олиш (pdf)

“Xalq bilan muloqot” borasida xorijiy tajriba

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tadbirda 

2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tadbirda 
2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilindi. Ushbu yil nomi ostida amalga oshirilishi rejalashtirilgan keng koʻlamli islohotlarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini e’tirof etgan holda, «Elektron hukumat» markazi mustahkam ishonch va shaffoflikka asoslangan “Xalq bilan muloqot” oʻrnatish borasidagi  xorij tajribasini oʻrganishga kirishdi.

Aynan shu maqsadda 2016 yil 13 dekabr kuni «Elektron hukumat» markazida Koreya Respublikasining Antikorrupsiya va fuqarolar huquqlarini himoya qilish komissiyasining “E-People” (E-fuqaro) boʻlimi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar Koreyaning www.epeople.go.kr (onlayn ariza, shikoyat va takliflar) portali va Oʻzbekistonning Bosh vazir virtual qabulxonasi pm.gov.uz borasida oʻzaro tajriba almashdilar. Shuningdek, Koreyalik mutaxassislar tomonidan www.epeople.go.kr portaliga doir taqdimot oʻtkazilib, mazkur portalning imkoniyat va afzalliklari borasida xorijlik mutaxassislarning fikri va yondoshuvi tinglandi.

 

 Manba: E-GOV Matbuot xizmati


Киритилган вақти: 23/12/2016 19:42 Кўрилганлиги: 5795
 
Жами мурожаатлар: 1376 (100%)
Кўриб чиқилган: 1092 (79%)
Кўриб чиқилмоқда: 284 (21%)

Сайтдаги интерактив хизматларга баҳо беринг

Матнда хатолик топдингизми?
 
 
Ҳозир онлайн
Руйхатдан утганлар: 1
Мехмонлар: 83
Белгиланган матнни укиш учун ушбу тугмани босинг